Turkiya koinot stansiyasini quriş haqidagi qarorni qabul qildi, deb aytmoqda mamlakat boş vaziri Binali Yildirim.
"Koinot stansiyasi quriş haqidagi qonun loyihasi Turkiya parlamentiga körib çiqiş uçun topşirildi", deb aytgan boş vazir Eskişahir viloyatida vertolyotlar uçun detal va ehtiyot qismlar işlab çiqaruvçi zavodning oçiliş marosimida.
Yildirimning aytişiça, hujjat mamlakatning taraqqiyoti va xavfsizligini koinot va aviatsiya texnologiyalari, aholi farovonligi uçun tabiiy zaxiralarni aniqlaş va foydalaniş hisobiga ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.
Yildirim 5-avloddagi Ğ-35 samolyotlarining yaratilişi loyihasiga ham izoh berdi. Uşbu samolyot NATOga a'zo davlatlarning umumiy mahsuli hisoblanadi.
Samolyot fyuzelyajining markaziy qismi AQŞ bilan bir qatorda Turkiyada TUSAŞ kompaniyasi tomondan işlab çiqariladi. Kompaniya işlab çiqarişni boşlab yuborgan. Turkiyada, şuningdek, razvedka va zarba beruvçi dronlar işlab çiqarilişi davom etmoqda, bu esa mamlakatda xavfsizlikni ta'minlaş nuqtai nazaridan zarur hisoblanadi.












