Bangladeşdagi rohingya-musulmonlariga yordam beruvçi gumanitar taşkilotlarda yaqin olti oyda 1,2 million kişiga yordam beriş uçun 434 million dollar kerak bölişi ma'lum qilingan. Aksariyati bolalardan iborat qoçqinlarga şoşilinç yordam zarur. DailySabah şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, Myanmadagi zöravonliklardan qoçgan yarim milliondan ziyod rohingya-musulmonlari Bangladeşdan qönim topgan.
"Rohingya aholisining aksariyati jiddiy jabrlangan va hozir favqulodda murakkab şaroitlarda yaşaydi", - dedi BMTning Bangladeşdagi koordinator-rezidenti Robert Uotkin.
Bangladeş va gumanitar taşkilotlar imkon qadar rohingya-musulmonlariga yordam berişga harakat qilişmoqda.
BMT Myanmadagi voqealarni etnik tozalaşga qiyosladi. Myanma bunday ayblovni inkor etmoqda. Rasmiy Myanmaga köra, harbiylar 25 avgust kuni 30 politsiyaçi va harbiy lagerga uyuştirilgan hujumlar uçun javobgar rohingya musulmonlari bilan kuraş olib bormoqda.
Ötgan yilning oktabrida ham şunday voqea kuzatilgandi, biroq uning kölami kiçikroq bölgan. Öşanda 87 ming rohingya musulmoni Bangladeşga qoçib ötgandi.
Uotkinsning sözlariga köra, qoçqinlar oqimi töxtamayotgani bois yana 91 ming rohingyani Bangladeşga joylaştiriş imkoniyati körib çiqilmoqda. Ta'kidlanişiça, umumiy reja 1,2 million kişiga möljallangan.
Ma'lumotlarga köra, yarim million kişi oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj sezmoqda, şu bilan birga yana 100 ming boşpana zarur. Rohingya aholisining yarmidan köpi bolalar bölsa, 24 ming nafari - homilador ayollar - ularning bari yordamga muhtoj.
"Odamlarning hayoti saqlanib qolişi uçun ommaviy va şoşilinç yordam zarur, - deyiladi taşkilotda. - Içimlik suvi, sanitariya va gigiyena vositalarisiz kasallik epidemiyasi avj olişi mumkin".











