AQŞning Federal qidiruvlar byurosi 58 kişining hayotini olib ketgan Las-Vegasdagi otişmani terrorçilik bilan boğlamayapti. Bu haqda FQB vakili jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Biz uşbu işni terrorçilik bilan boğlovçi heç qanday dalil topa olmadik, biroq biz oldindan heç narsani istisno qilmaymiz", deb aytgan FQB vakili.
2 oktabrga ötar keçasi las-vegaslik Stiven Peddok 58 kişini öldirib, 500 dan köproq kişiga jarohat yetkazgaç, özini otib taşlagan. Jinoyatçi mehmonxonaning 32-qavatidan turib kantri-musiqa konsertiga yiğilgan 12 minglik olomonga qarata avtomatik miltiqlardan öq uzgan. Mehmonxonada voqeadan keyin 23 ta stvol aniqlangan. Jinoyatçining uyi va mehmonxonadagi xonadan topilgan öqotar qurolning miqdori 47tani taşkil qilgan. Bu voqea AQŞ tarixida öqotar qurol qöllangan holda sodir etilgan, eng köp qurbonga olib kelgan qotillik böldi.












