Amerikaning Google korporatsiyasi San-Frantsisko şahrida özining yangi elektron jihozlarining taqdimotini ötkazdi. Pixel 2 smartfoni, noutbuk va ovozkuçaytirgiçlar namoyişi YouTube sahifasida jonli efirga uzatildi.
Smartfonlar 2 xil körinişda – 5 dyuym ekranli Pixel 2 va 6 dyuym ekranli Pixel XL 2 işlab çiqilgan. Ikkala smartfon 12,2 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Old kamerasi ölçami 8 megapikseldir. Kompaniya ma'lumotlariga köra, qurilmalar korpusi suv ötkazmaydi. Şuningdek, Pixel 2 bozordagi eng yaxşi kameraga ega qurilmaga aylandi.
Pixel 2 va Pixel XL 2 Snapdragon 835 protsessori va 4 gigabayt operativ xotiraga ega. Umumiy xotirasi ikki xil bölib, hajmi 64 va 128 gigabayt. Sohaning obröli OAVga köra, yangi smartfon iPhone telefonlariga raqobat qiladi.
Google xodimlari taqdimot marosimida boşqa yangi mhsulotlarni ham namoyiş etişdi. Ulardan biri Chromebook noutbugining yangilangan namunasidir. U Pixelbook deb nomlangan. Bundan taşqari, Google Home Mini simsiz dinamik ham şular jumlasidan.
Quyida taqdim etilgan elektron jihozlarning xususiyatlari haqida qisqaça:
Google Home Mini

• Mitti yordamçi dinamik;
• Deyarli butunlay mato bilan qoplangan;
• Uç xil rang: qizil, qora va kulrangda işlab çiqiladi;
• Narxi 49 dollar.
Google Home Max

• «Premium» musiqa kolonkasini ovozda boşqariş;
• 2 ta quyi va 2 ta yuqori çastotali dinamikka ega;
• Atrofni aniqlay oladi va tovuşni şunga moslaştira oladi;
• Bir neçta max-kolonka alohida saund-tizimini taşkil etişi mumkin;
• Narxi 399 dollarov.














