Hozirgi kunda talaygina yurtdoşlarimiz patent olmasdan, har 3 oyda «kirdi-çiqdi» qilib yurganlari haqida xabarlar kelmoqda va bu töğrisida savollar berilmoqda. Bunday qiliş notöğri va bu narsa Rossiyaga kirişga 3 yilgaça taqiq qöyilişiga olib keladi.

2014 yil yanvar oyidan «90/180 qoidasi» kuçga kirgan. Unga köra, Rossiyaga viza olmasdan kelişi mukin davlatlar fuqarolari Rossiya hududida 180 kun içida hammasi bölib faqat 90 kun yurişlari mumkin. 90 kun yurgan şaxs Rossiyani tark etişi kerak va u Rossiyaga yana 90 kun ötkazibgina qayta kirişi mumkin. Agar oxirgi 6 oy (180 kun) içida bir neça marta Rosiyani tark etgan va qayta kirgan bölsa ham şu 180 kun oraliğida Rossiyada bölgan kunlarini hisoblaganda 90 kunga yetgan bölsa, Rossiyani tark etişi va yana 90 kun ötkazib qayta kirişi lozim.
Boşqaça qilib aytganda, «vizasiz» davlat fuqarosi RF hududiga kirgan kunidan 90 kun içida bu yerda vaqtinça turiş (registratsiya) muddatini uzaytiriş uçun hujjatlarni rasmiylaştirmagan bölsa, Rossiyani tark etişi kerak. Bunday holatda, 90 kun ötgungaça Rossiyaga qayta kirmasligi kerak. Bunga köpçilik yurtdoşlarimizda böladigan holatni misol keltiriş mumkin. Masalan, Rossiyaga kirgandan keyin 3 oy içida patent rasmiylaştiriş va «registratsiya» muddatini çözdirib oliş kerak. Agar şu 3 oy içida buning iloji bölmasa, zudlik bilan Rossiyani tark etiş va oradan 90 kun ötmasdan qaytib kelmaslik kerak.
«90/180 qoidasi»ni buzganlarga FMS tomonidan «registratsiya», patent, «RVP», «VID na jitelstvo» kabi hujjatlar berilmaydi va Rossiyani tark etgan kunidan 3 yil muddatga Rossiyaga kirişga «zapret» (taqiq) qöyiladi.
«Zapret» birdan emas, bir oz vaqt ötib qöyiladi. Şuning uçun, «zapret» haqida ma'lumot bazaga kirmagunça, uşbu qoidani buzgan şaxs bemalol çegaradan ötib kelişi mumkin. Şunday holatlarga guvoh bölgan yurtdoşlarimiz bizga «Falonçi patent olmay, har 3 oyda çegaraga çiqib kelmoqda. Unga «zapret» quyişmadi, demak şunday qilsa bölaverarkan», kabi fikrlarni aytişmoqda. Biz amaliyotda juda köp şunday qoidani buzganlarga «zapret» qöyilganiga guvohi bölyapmiz. Hattoki oradan 1–2 yil ötib «zapret» qöyilmoqda.

Şuning uçun, agar kelajakda Rossiyada işlaşni maqsad qilgan bölsangiz, Rossiyaga kirgan kuningizdan 30 kun içida patent oliş uçun hujjatlarni topşiring va registratsiya muddatini çözdirib yuring.












