Turkmaniston Markaziy banki turkman banklari tomonidan berilgan konversion kartalardan boşqa davlatlardagi bankomatlardan naqd pul yeçiş hajmini pasaytirdi. 27 sentabrdan e'tiboran xorijda sayohat qilayotgan turkmanistonliklar özlarining VISA xalqaro kartalaridan kuniga 100$ yoki şunga monand mahalliy valyuta yeçib olişlari mumkin. Ilgari kunlik limit 250 dollarni taşkil etayotgan edi, deb yozadi habartm.org.

Kuzatuvçilar buni valyutaning öta taqçilligi va hukumatning mamlakatdagi yangi hodisa bölmiş «dollar turizmi» — fuqarolar öz manatlarini davlat kursida konverttsiya qilib, xorijga çiqib uni bankomatlarda naqdlaştirişga qarşi kuraşayotgani bilan boğlaşmoqda. Turkmanistonga qaytgaç, ular naqd dollarni «qora bozor»da bank kursidan ikki barobar qimmatroqqa ayriboşlaşadi.

Ilgariroq Turkmaniston hukumati tadbirkorlar uçun vaalyuta konvertatsiya borasida bir qator çeklovlar ham joriy etgan edi. Bugungi kunda banklar xorijiy yetkazib beruvçi bilan şartnoma summasining maksimum 2 foizigaça bölgan qismini konvertatsiya qilib bermoqda. Şartnomalarning köpçiligida banklarning tomonidan umumiy summaning 1–1,4 foizi konvertatsiya qilinmoqda.