Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning Moskvadagi "Vnukovo" aeroportiga kelgan samolyotiga qöyilgan trap-eskalator tösatdan işlamay qolgan. Bu noqulay vaziyat sababli podşoh trapdan piyoda tuşişiga töğri kelgan. Uşbu holat videosi RT telekanalining YouTube’dagi sahifasida joylaştirilgan.
Videoda körinişiça, qirol trapdan eskalator yordamida tuşib kelayotganda, yöl boşida eskalator birdaniga işlamay qoladi. Qirol eskalator yana işga tuşib ketişini biroz kutgaç, u işlayvermagaç piyoda tuşişga qaror qilgan.
Saudiya Arabistoni qiroli Rossiyaga podşoh sifatida ilk marta taşrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni aeroportda Preobrajyensk polki faxriy qorovuli va orkestr, Rossiya boş vaziri örinbosari Dmitriy Rogozin, taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Bogdanov va Töğridan-töğri investitsiyalar Rossiya jamğarmasi rahbari Kirill Dmitriyev kutib olganlar. Qirol Moskvada 7 oktabrgaça bölişi kutilmoqda.
















