Moskvaning Vnukovo aeroportida AQŞ fuqarosi qölga olindi. Bu haqda 14 fevral, juma kuni Federal bojxona xizmati matbuot byurosiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi. «7 fevral kuni Vnukovo bojxonaçilari öz bagajida kannabinoid moddasi bölgan marmelad olib ketayotgan 28 yoşli AQŞ fuqarosini qölga oldi. Erkak Istanbuldan kelgan», — deyiladi agentlik xabarida.
Federal bojxona xizmatining qayd etişiça, amerikalikka nisbatan katta miqdordagi narkotik moddalarni olib ötiş moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan, buning uçun u 1 million rublgaça jarima va 5 yildan 10 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Hozirda erkak hibsga olingan.
AQŞ fuqarosi qölga olingani haqida birinçi bölib 14 fevral kuni ertalab Mash Telegram-kanali xabar berdi. Uning ma’lumotlariga köra, erkakda «marmeladli drajye içiga yaşirilgan yarim kilogramm marixuana» borligi aniqlangan. «Agenstvo» naşri ta’kidlaganidek, Mash dastlab amerikalik 13 fevral kuni amerikalik Mark Fogel bilan almaşiş doirasida AQŞdan ozod qilingan Rossiya fuqarosi Aleksandr Vinnik Vnukovoga uçib kelganida hibsga olinganini yozgan. Biroq, keyinçalik Mash xabarni tahrir qilib, Vinnik haqidagi eslatmani olib taşladi va amerikalik hibsga olingan sanani 7 fevralga özgartirdi.
Şu bilan birga, «Agenstvo» 10 fevral kuni Moskvaning Solnsevskiy rayon sudi «Bayyers K.U.»ni öxşaş modda böyiça iş yuzasidan hibsga olganini aniqladi. Federal bojxona xizmati hibsga olingan şaxsning ismini oşkor qilmadi.
Mark Fogelning Aleksandr Vinnikka almaştirilişi
2025 yil 11 fevralda Rossiya 2021 yilda Şeremetevo aeroportida hibsga olingan AQŞ fuqarosi Mark Fogelni qamoqdan ozod qildi. Unga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni kontrabanda va qonunga xilof ravişda oliş, saqlaş, taşiş va işlab çiqariş ayblovi qöyilgan. Fogel ingliz-amerika maktabida dars bergan va avvalroq AQŞning Moskvadagi elçixonasi xodimi edi. 2021 yilning mayigaça u diplomatik maqomga ega bölgan.
2022 yilda Fogel 14 yilga qattiq rejimdagi qamoq jazosiga hukm qilindi. Amerikalik umurtqa operatsiyasidan keyin tibbiy sabablarga köra marixuana iste’mol qilganini bildirgan.
Keyinçalik, 14 fevralga ötar keçasi TASS va "Interfaks" axborot agentliklari BTC-e onlayn birjasi asosçisi va 2017 yil yozida Gretsiya şimolida Qöşma Ştatlar talabi bilan qölga olingan Rossiya fuqarosi Aleksandr Vinnik bölgan samolyot Vaşington bilan mahbuslar almaşinuvi doirasida Moskvaga yetib kelganini ma’lum qildi.

















