Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamentining 9 oktabrga belgilangan yiğilişi ötkazilişini muzlatib qöydi. Bu yiğilişda muxtoriyat mustaqilligi e'lon qilinişi mumkin edi, deb xabar bermoqda El Pais naşri.

Yiğilişning qonunga xilof ekanligi böyiça şikoyatni sudga Kataloniya sotsialistik partiyasi bergan.

Partiya fikriça, kataloniyaliklarning harakati Ispaniya konstitutsiyasi buzilişi hisoblanadi, çunki ular sudning referendum ötkazilişi noqonuniyligi haqidagi ilk qarorini buzişgan.

Şikoyatning körib çiqiş uçun qabul qilinişi hozirça yiğiliş qonuniy asosda ötkazila olmasligini anglatadi.

Avvalroq Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy Kataloniya hukumati muxtoriyatning mustaqilligi rejasidan voz keçişi kerakligini aytgan.

Kataloniya jyeneralitati (hukumati) boşliği Karles Puçdemon esa Kataloniya yaqin kunlarda mustaqilligini e'lon qilişini aytgan.