Xitoylik bir guruh tadqiqotçilar sun'iy idrokning turli tizimlarini tahlil qilib, Siri servisi ular içida eng “ahmoği”, degan xulosaga kelişdi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.

Olimlar sun'iy idrok tizimlarini taqqoslaşdi, hamda Google servisida IQ 43,7 ball darajasida ekanini aniqlaşdi. Keyingi örinlardan Baidu (33), Microsoft's Bing (32) va, nihoyat, Siri (24) joy olgan. Ta'kidlanişiça, Google bu tizimlar orasida yetakçilik qilayotganiga qaramay, servis insonlar idrokiga yaqinlaşiş uçun hali juda uzoq masofani bosib ötişi kerak. Taqqoslaş uçun – 6 yoşli oddiy qizçada IQ 55,5 ballga teng.

Siri – şaxsiy yordamçi bölib, uning dasturiy mijozi iOS, watchOS va Apple’dan macOS tarkibiga kiradi. Korporatsiya iPhone 4s’da dasturni ilk bor 2011 yilda qöllagan.