Anqara Iroqning kurd avtonomiyasi rahbariyatini mustaqillikka doir referendum natijalarining bekor qilingani töğrisida e'lon qilişga çaqirdi. 

"Iroqning kurd avtonomiyasi rahbariyati referendum natijalarini bekor qiliş va uning noqonuniyligini tan olişga çaqirdi. Erbilda şuningdek hududiy yaxlitlikning  daxlsizligi, siyosiy birligi va Iroq suvereniteti haqida ham e'lon qilinişi kerak", - deya Bözdoğning sözlarini yetkazadi Anadolu agentligi. 

Iroq Kurdistoni hukumati ziddiyatlarni bartaraf etiş uçun Iroq markaziy hukumati bilan heç qanday dastlabki şartlarsiz muzokaralarni boşlaşi kerak, deya ta'kidladi boş vazir örinbosari. Uning sözlariga köra, Erbil referendum mintaqa darajasida heç qanday özgarişlarga olib kelmagani töğrisida e'lon qilişi kerak.

"Agar mintaqa hukumati şunday qadam taşlaşsa, xatolarni tuzatiş mumkin böladi, aks holda, mintaqadagi vaziyat yanada yomonlaşadi", - dedi boş vazir örinbosari. 

Bözdoğ Anqara Iroqdagi voqealarni öz milliy xavfsizligiga töğridan-töğri xavf sifatida qabul qilişini ta'kidladi. 

25 sentabr kuni Iroq Kurdistonida mustaqillikka doir referendum bölib ötdi. Oliy mustaqil komissiyaning Kurdiston mustaqilligi saylovlari va referendumi böyiça ma'lumotlariga köra, saylovçilarning 92,7 foizi mustaqillik uçun ovoz bergan.

Iroq hukumati referendumni noqonuniyligini ta'kidlab, avtonomiyaning mintaqaviy hukumati bilan muzokaralar ötkazmasligini ma'lum qildi.