Sport | 02:20 / 06.10.2017
5563
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Daniya muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi

Foto: AFP

2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichining E guruhida Chernogoriya o‘z uyida Daniyani qabul qilib, kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 16-daqiqada Eriksen tomonidan kiritildi. 

Guruh yana bir uchrashuvda Ruminiya o‘z maydonida Qozog‘iston terma jamoasini qabul qildi. O‘yin mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Mezbonlar tarkibida Budesko dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Kesheryu tomonidan kiritildi. Mehmonlar tarkibidagi yagona golga Turysbek mualliflik qildi.

E guruhi

Chernogoriya – Daniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 16 Eriksen.
Chernogoriya – Petkovich, Savich, Marushich, Tomashevich, Veshovich, Yankovich (Yovovich, 85), Vukchevich, Ivanich, Simich, Mugosha (Koyashevich, 76), Yovetich (Jorjyevich, 20).
Daniya – Shmeyxel, Larsen (Durmisi, 43), Belland, Dalsgor, Ker, Kvist, Dileyni, Eriksen, Sisto, Kornelius (Bendtner, 64), Poulsen.
Ogohlantirishlar: Dalsgor (51), Jorjyevich (66), Veshovich (72), Savich (90).

Ruminiya – Qozog‘iston 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 33 Budesku, 2:0 – 38, penalti Budesku, 3:0 – 73 Kesheryu, 3:1 – 82 Turysbek.
Rumyniya – Teterushanu, Benzar, Grigore, Kirikesh, Pintiliy (Xoban, 70), Marin, Budesku (Ionitse, 80), Kipchu, Grozav, Andone (Kesheryu, 66), Ganya.
Qozog‘iston – Pokatilov, Axmetov, Dmitrenko, Suyumbayev, Malyy, Darabayev, Kuat, Nurgaliyev (Xijnichenko, 46), Tagybergen (Turysbek, 66), Murtazayev (SHCHetkin, 58), Beysebekov.
Ogohlantirishlar: Kuat (9), Pintiliy (24), Suyumbayev (53), Kipchu (64), Benzar (71), Darabayev (74), Malyy (79).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid