Şu yil oktabr oyining ikkinçi yarmidan e'tiboran Adidas konserni «Adidas Made For» (AM4) krossovkalarini işlab çiqarişni boşlaydi. Ularning boşqalaridan farqli jihati robotlar tomonidan yasalganidir. Ularni dunyoning 6 şahri: London, Parij, Los-Anjyeles, Nyu-York, Tokio va Şanxaya aholisi xarid qila oladi. Bunda Lonon va Parijdagi sotuvlar yaqin orada boşlanadi, boşqalariga 2018 yil boşida yetkazib beriladi.
Kontsernning birinçi töliq robotlaştirilgan zavodi Germaniyada işga tuşişga şay holatda. U yuqorida qayd etilgan şaharlardagi dökonlarni töliq mahsulot bilan ta'minlay oladi. Yengil va qulay AM4 seriyasidagi krossovkalar yirik megapolislarda yaşaydiganlar uçun maxsus işlab çiqildi. Poyabzallar har bir şaharning iqlimi va landşaftini e'tiborga olgan holda işlab çiqarilgani bois, modellar bir-biridan farqlanadi.
Adidas firmasining ikkinçi robotlaşgan zavodi AQŞning Atlanta şahrida oçiladi. Uning işlab çiqariş quvvatlari nafaqat bir modelni işlab çiqişga yetadi. Kontsern allaqaçon işlab çiqarişni avtomatlaştiriş yölini tanlagan va poyabzallar uçun tagliklarni 3D-printer vositasida işlab çiqarişni yölga qöygan edi.











