Myanma va Bangladeş çegarasida yuz ming rohingya musulmonlari töplanib qoldi. Bu haqda  Xalqaro migratsiya taşkiloti (IOM) vakili Joel Millman Jyenevadagi matbuot anjumanida ma'lum qilgan. Bu haqda Anadolu agentligi yozmoqda. 
 
Uning sözlariga köra, 100 mingga yaqin rohingya musulmonlari Myanmaning Arakan viloyati  Butxidaung şahrida töplangan. Ular Bangladeşning Koks-Bozoriga ötiş uçun ruxsatni kutmoqda. 

Millatçi buddalar zulmidan Bangladeşga qoçgan musulmon rohingyalar soni, IOM vakilining aytişiça, 515 mingga yetgan.

IOM vakilining kuzatuvlarga asoslagan holda aytişiça, kuniga 2 mingga yaqin qoçqin Myanma-Bangladeş çegarasini kesib ötadi. 

«Xalqaro migratsiya böyiça taşkiloti jahon hamjamiyatidan Arakan qoçqinlariga kömak beriş maqsadida 120 mln dollar mablağ söragan. Bu mablağlar 450 ming qoçqinni yarim yil mobaynida barça zaruriy narsalar bilan ta'minlaşga yetadi», - degan Millman.