Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning bayonot berişiça, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uçraşuvi ijobiy ruhda keçgan. Unda ikki davlat rahbarlari energetika va savdo masalalariga doir mavzularni muhokama qilişgan. Bu haqda Daily Sabah gazetasi yozmoqda.

Maduro bilan Anqarada taşkil etilgan qöşma matbuot anjumanida iştirok etgan Erdöğanning aytişiça, Venesuela bilan aloqalar madaniy sohalarda ham mustahkamlanayotganiga guvoh böliş mumkin. Turkiya prezidentining ta'kidlaşiça, Maduroning söroviga muvofiq, Turkiya Karakasda masjid barpo etadi. 

Maduroning 6 oktabrdagi Turkiyaga taşrifi AQŞning uşbu Janubiy Amerika mamlakatiga sanksiyalar qöllaganidan söng amalga oşmoqda. Ayni vaqtda Venesuela siyosiy inqiroz barobarida 3 sonli inflyatsiya darajasi va qaşşoqlikning keng tarqalişi kabi muammolarga duç kelmoqda. 

Maduro Turkiyaga safaridan avval Rossiya hamda Belorussiyaga ham bordi va sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.