AQŞ soliq boşqarmasi las-vegaslik mergan Stiven Peddokning hisob raqamida beş million dollar borligini aniqladi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, kantri-musiqa festivaliga taşrif buyurganlarni öqqa tutgan Peddok 2015 yilda bunday katta miqdordagi mablağni deklaratsiyadan ötkazgan, u qimor öyinlarini daromad manbai sifatida körsatgan. Tergovçilar bu mablağning bir qismi investitsiyalar orqali kelgan bölişi mumkinligini istisno qilmayaptilar.

Öz navbatida, CNN telekanali Peddok Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Iordaniya va Birlaşgan Arab Amirliklarida töxtab ötgan holda, 20 marotaba kema orqali safar qilganligini aniqladi. Biroq, tergov bu sayohatlarning tafsilotlari hamda ularning sanalarini oşkor qilmadi. Şunisi ma'lumki, köpgina kemalarning bortida kazinolar mavjud bölgan.

Bundan taşqari, telekanalning qayd etişiça, politsiya Peddok nima sababdan qatliom uyuştirganini haligaça aniqlay olmadi. Avvalroq uning dösti Merilu Denli qotilni tinç va ğamxör inson sifatida bilişini aytgandi.

1 oktabr oqşomida 64 yoşli amerikalik Stiven Peddok Las-Vegasdagi kantri-festival iştirokçilarini öqqa tutdi. Jinoyatçi Mandalay Bay mehmonxonasining 32-qavatidagi xonadan turib pastdagi minglab kişilar ustiga öq yoğdirdi. 59 kişi ölimi va 500dan ortiq kişi jarohatlanişi bilan yakunlangan bu qonli hodisa Qöşma Ştatlar tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik böldi.