"Formula-1" böyiça 7 karra jahon çempioni Mixael Şumaxer komada, deb yozmoqda auto-bild.ro nemis avtopoygaçining oila a'zolariga tayangan holda.
2013 yil dekabr oyida Şumaxer Fransiyaning Meribel toğli dam oliş maskanida yiqilib tuşganida jiddiy jarohat olgan edi. U boş miyaning ikki yarim şarlarning köp sonli jarohati va qon quyilişi bilan boğliq boş miya jarohatini oldi. 2014 yil yozida Şumaxer komadan çiqqani xabar qilindi. Öşa yilning sentabr oyida poygaçi şifoxonadan javob berilgani va özining Şveytsariyadagi villasida tiklanayotgani aytilgandi. Ammo, uning holatiga doir turli bir-biriga zid xabarlar paydo bölib turadi.
"Afsuski, u komada. Sönggi kuçi bilan hayot uçun kuraşmoqda. Ammo, biz uning imkoniyatlari köp, deb öylamayapmiz", - deya oila a'zosining sözlarini keltirgan naşr.
OAV ma'lumotiga köra, ayni vaqtda Şumaxer vazni 45 kgga yaqin. Uning böyi ham kiçraygan.












