Vazirlar Mahkamasining 27.09.2017 yildagi 769-son «Tibbiyot kadrlarini tayyorlaşni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi. Norma.uz saytida qarorga şarh keltirilgan.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Bakalavriatning alohida ta'lim yönalişlari böyiça davlat granti asosida tahsil olgan tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvçilarini qişloq vraçlik punktlari va qişloq (şahar) oilaviy poliklinikalariga işga yöllaş tartibi töğrisidagi nizom;
- tibbiyot oliy ta'limining («Soğliqni saqlaş» ta'lim sohasi) bakalavriat yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça öquv rejalari tuzilmasi.
Soğliqni saqlaş vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-2018 öquv yilidan boşlab Toşkent tibbiyot akademiyasining Farğona filiali faoliyatini bosqiçma-bosqiç tugatiş va talabalarga filialda ta'lim olayotgan yönalişlar böyiça öqişini yakunlaş imkonini beriş haqidagi taklifiga rozilik berildi.
Nizom joriy öquv yili bitiruvidan boşlab, bitiruvçilar keyinçalik doimiy yaşaş joyida majburiy işlab berişi uçun qişloq vraçlik punktlari va qişloq (şahar) oilaviy poliklinikalariga taqsimlanişini (QVP va OP) belgilaydi.
Tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining QVP va OPda majburiy işlab beriş uçun bitiruvçilar taqsimlanadigan bakalavriat yönalişlari Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bitiruvçining majburiy işlab beriş muddati — 3 yil (36 oy).
Soğliqni saqlaş vazirligi
Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida vazirlikning mas'ul xodimlari, soğliqni saqlaş boşqarmasining hududiy organlari, tibbiyot oliy ta'lim muassasalari va tibbiyot taşkilotlari rahbarlaridan iborat Komissiya taşkil etiladi.
Bitiruvçilar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari tomonidan taqdim etilagan şifokor kadrlarga bölgan ehtiyoj töğrisida buyurtmanomalar va mavjud böş iş örinlari haqida ma'lumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili majburiy işlab beriş uçun taqsimlanadi.
Bitiruvçilarning majburiy işlab berişining aniq muddatlari, joyi va şartlari, şuningdek ularning majburiyatlari Soğliqni saqlaş vazirligi, tibbiyot oliy ta'lim muassasasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda bitiruvçi örtasida 4 nusxada tuziladigan şartnomada belgilanadi.











