Joriy yilda Özbekiston böylab qasddan badanga tan jarohati yetkaziş jinoyatlarining 22,8 foizi (767 jinoyat) oilaviy kelişmovçiliklar sababli sodir etilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi Boş boşqarmasi boşliği, polkovnik Azizbek Ikromov OAV vakillari uçun taşkil etilgan matbuot anjumanida xabar qildi.
2017 yilning ötgan davri mobaynida respublikada sodir etilgan qotillik va suiqasd qiliş jinoyatlarining 35,8 foizi turmuşdagi kelişmovçiliklar, nizolar natijasida sodir etilgan. Ulardan 80taga yaqin jinoyat qarindoşiga, 43tasi er tomonidan xotiniga, 8tasi xotin tomonidan eriga, 4tasi qöşnisiga nisbatan sodir etilgan.
«Aniq raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, jinoyatlar içida 332ta qarindoşiga, 207ta er tomonidan rafiqasiga, 67ta qöşnisiga, 31tasi aka-ukalarning bir-biriga qasddan jarohat yetkaziş holati kuzatilgan. Şu yilning may oyida Zangiota tumanida yaşovçi fuqaro xotiniga piçoq uraman deb, profilaktika xodimiga oğir tan jarohati yetkazgan. Tezkor yordamlar natijasida xodimimizning hayotini saqlab qolişga muvaffaq böldik. Mana şunday köngilsiz holatlarning oldini olişda oila kattalarining örni, mahalla fuqarolar yiğinlarining e'tibori, qöşnilarning ahilligi muhim rol öynaydi», deydi polkovnik Azizbek Ikromov.
Oilaviy nizolar natijasida kelib çiqqan yana bir mudhiş hodisalardan biri Surxondaryo viloyatida sodir etilgan. Joriy yilning 9 sentabr kuni soat 12:00da fuqaro Yunusova qaynonasi Isroilova bilan oilaviy kelişmovçiliklar sababli janjallaşib qoladi va kelin qaynonasini oşxonada itarib yuboradi. Oğir tan jarohati olgan qaynonaning yerda jon talaşib yotganini körgan kelin uni öldirib, qonga belangan köylak va römolni yöqotiş maqsadida tandirda yoqib yuborgan.
Ma'lum bölişiça, bugungi kunda fuqarolarga nisbatan jinoyatlar sodir etib, jazodan qoçib yurgan 849 nafar qidiruvdagi şaxslar qölga olingan. Şuningdek, bundan bir neça yillar muqaddam sodir etilgan 559ta jinoyatni foş etişga erişildi.












