Foto: Layfxaker

Asal — nafaqat şirinlik, balki soğliqdagi köplab muammolarni bartaraf etişdagi yordamçimiz ham.

Şuni yodda tutiş kerakki, 1 yoşgaça bölgan bolalar va allergiyadan aziyat çekuvçilarga asal iste'mol qiliş mumkin emas. Asal davolanişdagi asosiy emas, yordamçi vosita hisoblanadi. "Layfxaker" asalning siz bilmagan 12 şifobaxş xususiyati haqidagi maqolasi bilan bölişdi.

1. Akneni davolaş

Asalli niqob yuzdagi doğ va qizarişlardan foriğ bölişga yordam beradi. Uni tayyorlaş uçun 1 oş qoşiq asal va 1 çoy qoşiq zaytun yoğini yaxşilab aralaştiriş kerak. Hosil bölgan massani yuzga surib, 20 daqiqadan söng iliq suv bilan yuvib taşlaş lozim. Asal yuz terisini tozalab, unga tetiklik baxş etadi.

2. GERKni davolaş

Gastroezofagel reflyuks kasallik (GERK) — jiğildon qaynaşi bilan birga kuzatiladigan qizilöngaç yalliğlanişi. Asal oşqozondagi kislotalilik darajasini normallaştiradi.

Qizilöngaçning şilliq qavatini yumşatiş va tiklaş uçun kuniga ikki marta ovqatdan bir soat oldin 1 çoy qoşiq (5 ml) asal qabul qilinadi.

3. Stomatitni davolaş

Asal kiçik yalliğlanişlarni yengişga yordam berib, stomatit belgilarini yengillaştiradi.

Paxtani suv bilan xöllab, uni oğizdagi yaralarga tekkizing. Söngra quruq paxtali çöp yordamida oz miqdordagi asal bilan işlov bering. Mazkur muolajani kuniga bir neça marta takrorlang.

4. Yötalni davolaş

Foto: healthawareness.co.uk

200 g iliq suvda yarim çoy qoşiq qahva va 2,5 çoy qoşiq asalni aralaştiring. Kuniga uç mahal qabul qiling. Asal tomoqni yumşatadi va uni dağallikdan xalos etadi. Kofein esa bronxlarni kengaytirib, nafas olişni yengillaştiradi.