Massaçusets ştatidagi CarGurus jamoasi avtomobillar sotuvi bilan şuğullanuvçi saytni yölga qöydi. Uşbu sayt tez orada röyxatdan ötgan dilerlar soniga köra, Amerika bozoriga aylanadi va IPÖga "Yandeks" Auto.Ru'ga sarflagandan 8-9 barobar qimmatroq narxda çiqadi. Forbes şu haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.
CarGurus 8,9 foizli free-float bilan pre-IPO kimoşdi savdosiga 1,37-1,58 milliard dollar (bir aksiya uçun 13-15 dollar) atrofidagi narxda çiqadi. Avtomobillar haqidagi sayt ustida işlaş uçun qanday qilib taxminan 140 million dollar jalb qiliş mumkin? CarGurus tajribasining körsatişiça, buning uçun maşinalarni yaxşi tuşuniş yoki internetni matn, video yoki infografika bilan "portlatiş"ga qodir kreatorni topişning özi yetarli emas.
Eng tuşunarli ğoya - jarayonga banklarni jalb qiliş - amalga oşdi. CarsDirect servisi avtomobilga buyurtma bergan foydalanuvçiga qönğiroq qiladi, şundan söng diler, moliyalaştiriş va trade-in imkoniyatlarini izlaydi. Qöllab-quvvatlaş xizmatiga xarajat qiladi, kredit xizmatlardan esa oladi. Asosan onlayn-zayomlar tomon rivojlanadi, albatta, bu servis nufuziga biroz ta'sir körsatadi - aytişlariça, servis mijozlarga boşqa yordam bermayapti, zayomlar va lizing xizmatlarini sotmoqda. CarsDirect investorlar orasida şunisi bilan maşhurki, u boşida, ya'ni 20 yil avval, 297 million dollar vençur mablağlarni jalb qilgan va öşandan beri ösiş bilan boğliq qiyinçiliklarga duç kelmadi. Ta'kidlaş joizki, oyiga 2,5 million foydalanuvçi CarsDirect orqali maşinaga kredit rasmiylaştiriş ustida öylamoqda.
Cars.com avtomobillar birjasi biryöla beş saytni birlaştiradi - Cars.com, Auto.com, DealerRater.com, NewCars.com va PickupTrucks.com. Şu tariqa reklama sotuviga auditoriyani maqsadli yönaltiriş va aftidan, trafikni jalb qiliş oson. Bir oyda saytga 14,5 million noyob foydalanuvçi jalb qilinadi. Ötgan yili Cars.Com birjasi Tegna tarkibidan çiqdi va buning uçun 650 million dollar bilan hisoblaşdi va endi reklama sotuvidan tuşgan pullarni öz rivojiga yönaltirmoqda. Cars.Com 3,1 yillik daromad va 1,32 sof aktiv bilan savdo qilmoqda. Bu avtomobillar sotuviga möljallangan kreativ soha uçun köpmi yoki kam - yuzabiliti, kontent, şuningdek bu loyihalarning asosiy vazifasi - daromadli bitimlar haqida iste'molçiga xabar beriş qanday amalga oşirilişi nuqtai nazaridan baholaş lozim. Cars.Com foydalanuvçilari köp bölsa-da, NYSE'da hammasi yaxşi, bu eng barqaror qoğozlardan biri, kapitalizatsiya — 2 milliard dollar. Avtomobillar birjasining asosiy aktivi - foydalanuvçilarda "Cars.Com avtoni tez muddatda, 2-3 kunda sotiş uçun ayni muddao" ekanligi borasida şakllangan fikr.













