Lozannadagi Federal politexnika maktabining Intellektual tizimlar labaratoriyasi (EPFL) olimlari yumşoq robotexnika sohasida sensatsiya hisoblangan robotni yaratdi. U töliq iste'molga yaroqli mahsulotlardan tayyorlangan: jyelatin va glitserin. Barça detallar - manipulyatordan datçiklargaça, batareyalardan tranzistorlargaça - yeyişli. Quartz şu haqida xabar berdi.
Bu keçki ovqatga robotlarni yeyiş - yaxşi ğoya ekanini bildirmaydi, albatta. Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, yangi robotning mazasi u qadar yaxşi emas, biroq u tibiy vazifalarni yaxşi uddalamoqda.
Iste'molga yaroqli robotlarning paydo bölişi kelgusida nisbatan kiçik ölçamlardagi şunday qurilmalarning yaratilişi mumkinligini bildiradi, ular yordamida odam organizmini içidan davolaş imkoni yuzaga keladi. Biroq hozirça robotexnikadagi jyelatinning asosiy vazifasi robot-manipulyator uçun öta yumşoq qisqiçlar hisoblanadi.
"Bunday iste'molga yaroqli robotlarning detallari ozuqaviy yoki farmatsevtik komponentlar bilan aralaşgan bölişi mumkin, - deydi EPFL tadqiqotçilar guruhi rahbari Dario Floreano. - Eng salohiyatlisi, bizningça, yeyişli robotlardan organizmning içki tadqiqotlari, şuningdek oziq-ovqat mahsulotlarini yetkaziş uçun foydalanişdir".
Olimlarning fikriça, yeyişli robotlar odamlarni yetiş qiyin bölgan joylardan qutqarişda yordam berişi mumkin, masalan, ğorlar yoki konlarda. Bundan taşqari, robotlarning alohida qismlari sakkizoqyoqning "qisqiçlari"ga öxşab avtonom işlaşi mumkin.












