Turklarning harbiy avtomobillari Suriyaning Idlib viloyatiga kirdi. Bu haqda Reuters agentligi öz manbalariga asoslangan holda xabar tarqatdi. Agentlik manbasi turkiyalik harbiylarni taşiyotgan bir neça maşinani körgani haqida aytib bergan.
Bundan oldinroq Turkiya harbiylari çegara hududida «Tahrir aş-Şom» taşkiloti jangarilari bilan töqnaşgani haqida xabarlar berilgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan rasmiy Anqara Idlibdagi xavfsizlikni ta'minlaş uçun zarur çoralarni körişi haqida ma'lum qilgandi.
«Turkiya suriyaliklar Halabdan Idlibga qoçib ötişini e'tiborsiz qoldira olmaydi. Biz ularni taqdir hukmiga taşlab qöya olmaymiz va ularga yordam qölini çözamiz. Bu yönalişda zarur qadamlar taşlandi»,— degandi Turkiya rahbari.

Eslatib ötamiz, may oyida ötkazilgan Ostona sammitida Suriyada 4ta deeskalatsiya hududi taşkil etiş rejalaştirilgan — Idlib viloyatida, şarqiy Gutada, Homs va Der'a tumanlarida. Sentyabr oyi oxirida Rossiya Qurolli kuçlari boş ştabi «Amerika maxsus xizmatlari»ni Idlib viloyati hududidagi «Jyebhat an-Nusra» taşkilotini qöllab-quvvatlaşda ayblagandi.













