AQŞ prezidenti Donald Trampning aytişiça, Eron Şimoliy Koreyaga moliviy kömak beradi va Pxenyan bilan savdo olib boradi. U bu haqda jurnalist Mayk Xakabiga bergan intervyusida aytib ötdi.
"Işonçim komilki, Eron Şimoliy Koreyani moliyalaştiradi, Tehron Pxenyan bilan savdo-sotiq olib boradi va Şimoliy Koreya bilan birga işlaydi. Bunga mutlaq yöq qöyib bölmaydi", deb aytgan Tramp.
Trampning fikriça, Tehron Eron yadroviy kelişuvi bandlarini buzmoqda. Bundan taşqari, Tramp Tehronni Yaqin Şarqda muammolar tuğdirişda aybladi. "Eron yomon öyinçi va u bilan yomon öyinçidek muomala qilinadi", deb qöşimça qilgan Tramp.
5 oktabrda The Washington Post naşri Tramp yaqin kunlarda Eron bilan erişilgan yadro bitimini bekor qilişi mumkinligini ma'lum qilgandi. Naşr manbalarining ta'kidlaşiça, Tramp bu butimni AQŞ manfaatlariga mos kelmaydi, deb hisoblamoqda. Naşr fikriça, voqealarning bunday tus olişi Eronga qarşi sanksiyalar kiritiş siyosatiga qaytişga olib keladi.












