Oktyabr oyining boşlanişi yomğirli va izğirinli kunlarga töğri keldi. Yomğir ham yoğişga ulgurdi. Doimo talabalar va byudjyet sohasi xodimlarining kuçiga işongan fermerlarimiz arosatda. Şunça hosilni nes-nobud qilmasdan terib olişning özi bugunning eng dolzarb masalasi bölib turibdi.
Eşityapmiz, yozişayapti, korxona va taşkilotlar paxta yiğim terimiga majburlanayapti, xodimlar va xizmatçilar oilasi bağridan yulinib, ön kunlab yotoqqa jönatilyapti. Yoki örniga mardikor yollaşmoqda. Bunday yöl bilan mehnat unumdorligiga aslo erişib bölmaydi. Şunday odamlar sidqidildan, yuragi yonib, paxta terişadimi? Aslo!
Fuqarolarimizga vaziyatni çiroyli tuşuntiraylik, ularni majburlamaylik. Çunki majburlaş bilan heç qaçon közlangan maqsadga erişib bölmaydi. Buni har bir fuqaromiz ham, hanuz sovetça işlaş siyosatini qöllayotgan ayrim rahbarlarimiz ham tuşunib yetişlari kerak. Zero, mehnatni yangiça taşkil etiş, yangiça yondaşuv davri keldi.
Tahririyatimizga Qöqon şahrida istiqomat qiluvçi Şuhrat Yusupovdan ajib bir murojaat kelib qoldi.
«Assalomu alaykum KUN.UZ saytining jonkuyar va fidoiy xodimlari! Sizlar yurtimizdagi ijobiy özgarişlarga yuksak baho va kamçiliklarga tanqidiy qaraşlar bilan xalqimizning könglidan joy olib kelib qolmoqdasizlar. Ana şunday beminnat xizmatlaringizni qadrlagan holda Sizlarga bir taklif bilan murojaat qilmoqdamiz.
Hozirgi vaqtda paxta yiğim terim mavsumida ayrim fuqarolar tomonidan paxta terimiga çiqişda sansalorlikka yöl qöyiş yoki nomigagina qatnaşiş (közböyamaçilik), kun ötsa böldi, «nima paxta menikimi, paxta davlatniki, davlat işçilari orqali terib oladida», degan qöpol tuşunçalar ba'zan uçrab turadi. Bu esa juda açinarli holat. Çunki paxta bu milliy boyligimiz, yurtimiz iqtisodiyoti, uni rivojlanişi uçun muhim xomaşyo hisoblanadi. Şu yurt farzandiman degan har bir şaxs yurt kelajagi, uning ravnaqi uçun öz hissasini qöşişi, vatanparvarlik va fidoiylik namunalarini körsatişi, bu işlarga befarq bölmasligi va uşbu vazifalarni muqaddas burç sifatida qabul qilişi şart deb öylaymiz.
Şu maqsadda mirişkor dehqonlarimiz tomonidan yetiştirilgan möl hosilni nes-nobud qilmasdan yiğib oliş işlariga Qöqon şahrida joylaşgan «AROBA TAXI» jamoasi a'zolari ham öz hissamizni qöşiş uçun paxta dalalariga çiqib, paxta terdik. Agar yurtimizning har bir farzandi «Fuqarolar davlatning asosini taşkil qiladi, davlat esa öz navbatida fuqarolardan taşkil topadi, biri ikkinçisisiz mavjud bulmaydi. Ularni özaro huquq va majburiyatlar boğlab turadi. Davlatim menga barça huquq va erkinliklarimni amalga oşiriş va ulardan foydalaniş uçun çeksiz imkoniyatlar yaratdi, tinçligimni saqlaş borasida öz oldida turgan majburiyatlarini a'lo darajada bajarib qöymoqda. Men-çi? Men esa davlatga nima berdim, tayyor yetiştirilgan oddiygina paxtani termasam nima degan odam bölaman, davlat oldida turgan majburiyatimga, burçimga xiyonat qilgan bölaman. Şunday ekan, mavsumda paxta hosilini öz xohişim bilan, çin yurakdan terib jonbozlik körsataman, paxta hosili nes-nobud bölişiga yöl qöymayman»
Mavzuga oid
, deb harakat qilsa, nur ustiga nur bölardi. Şu sababli xalqimizdan paxta yiğim terimida öz xohişlari bilan çin yurakdan qatnaşib, fidoiy bölib, jonbozlik körsatişlarini sörab qolamiz, iltimos qilamiz.
Hurmat bilan «AROBA TAXI» jamoasi.
Namangan viloyati Uyçi tumani hokimining tuman ahliga, paxta yiğim-terimidagi barça haşarçilarga murojaati ham ijtimoiy tarmoqlarda keng şov-şuv bölmoqda. Tuman hokimining murojaati qoğozda çop etilib, tuman aholisi örtasida ham tarqatilgan.
«Mana, özbek xalqining azaliy milliy iftixori va ğururi bölgan paxtani yiğib-terib oliş hal qiluvçi pallaga kirdi. 7.039 gektar maydonga çigit ekib, 23.229 tonna «oq oltin» tayyorlaşga bel boğlagan dehqonlarimiz, ularga beminnat kömak berayotgan haşarçilar fidoyiliklari bois hozirgaça 12 ming tonnadan ziyod yuqori navli hosil davlat omborlariga topşirildi. Tahlillarning körsatişiça, bugungi kunda birinçi terim ötkazilmagan maydonlar bor. Ana şu maydonlardagi hosilni nes-nobud qilmay, yiğib-terib oliş bugungi kunning eng muhim vazifasidir.
Şu kunlarda tumanimiz dalalarida 10 ming kişi terimda qatnaşyapti. Agar 10 ming kişi örtaça 50 kilogrammdan natija körsatganda ham 500 tonna hosil yiğiştirib olinadi. Bizda ular sonini 20 ming nafarga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar bor. Bu tuman aholisining öndan bir qismi demakdir.
Dono xalqimiz topib aytganidek, köpdan quyon qoçib qutulmas. Agar biz uyçiliklarning doimiy an'analariga sodiq qolib, hamjihatlikda, yelkama-yelka turib mehnat qilsak, albatta, niyatimizga yetamiz. Zero, tumanimiz ahli hamişa lafzining ustidan çiqib, va'daga vafo qilib kelgan. Çunki va'daga vafo ham iymondan», deyiladi murojaatda.
Tahririyatimizga Özbekiston xotin-qizlar qömitasining murojaatnomasi ham yetkazildi.
«Qadrli ayollar, aziz opa-singillar, munis onaxonlar!
Biz, ayol zotiga mansub har birimiz, qalban fidoyilik bilan tuğilganmiz, yuragimiz farzand, oila va ona Vatan desa yanada tezroq, hayajonliroq uradi, yetmiş ikki tomirimizda ğayrat, şijoat uyğonib ketadi. Fidoyilik bizning tuğma fazilatimiz, qon-qonimizga singgan odatdir! Siz bilasiz, dunyoda jamiki ne'matlar aziz, lekin biz uçun eng aziz, nondek muqaddas ne'mat – bu paxtadir. Közlarimizni quvnatib qiyğos oçilgan paxtani nes-nobud qilmasdan terib oliş Sizu bizdan öşa eng oliy fazilat – FIDOYILIKni talab etadi.
Aziz ayollar!
Tong sahar turib paxta dalasiga otlanişda qanday hikmat borligini, bundan farzandlarimizga halol rizq-nasiba keltirişimizni heç bir odam Sizçalik anglamaydi, Siz kabi jonu jahoni bilan his etolmaydi! Yaratganimiz şu paxta dalalari içra el koriga yaraşimizga kuç bergani uçun şukronalar aytib, yanada jipslaşaylik, hamjihatlikda paxta terimi mavsumini muvaffaqiyatli ötkazaylik! Ayol böla turib yelkasiga onalikni, dehqonçilikni, fermerligu paxtakorlikni ham ola bilgan Siz kabi har bir ayol sevimli şoirimiz Sirojiddin Sayyid ta'biri bilan aytadigan bölsak:
Bu diyorda oru nomus, şa'nu şavkatdir ayol,
Mehru şafqatdan yaralgan, mehru şafqatdir ayol.
Olam uzra bir quyoş bor, bitta oy bordir, valek,
Yerdagi nur — mohitobon, şamsi tal'atdir ayol! — deya uluğlanişga munosibdir!
Mana şu sözlarning özi Siz azizlarga mavsum davomida kuç, ğayrat, şijoat bağişlaydi, şu sözlardan kuç olib, paxta xirmonlarini kökka böy çözdirasiz, şu sözlar Sizni haqiqiy qahramonliklarga çorlaydi deb umid qilamiz!
Munis onaxonlarimiz esa, oila a'zolarini qöllab-quvvatlab, özlarining bebaho niyatlari bilan yurtimizni, iş va öqişga otlangan barça-barçani duo qilib tursalar, hayotimiz tinç va farovon böladi, dasturxonlarimiz rizqu ne'matlarga töla böladi. Şuningdek, bu yil boşqa yillardan farqli ölaroq, terilgan paxta uçun tölanadigan narx keskin oşdi, iş haqi har kuni öz vaqtida berilmoqda. Böş vaqtimizni mehnat bilan mazmunli ötkazsak, qaysidir ma'noda daromadimiz oşadi, ehtiyojlarimiz bartaraf etiladi. Mehnat insonga nafaqat daromad keltiradi, balki öziga işonç, mustahkam iroda, sihat-salomatlik baxş etadi.
Şunday ekan, yon-atrofimizdagi qöni-qöşnilarni, qavmu qarindoş, yaqinlarimizni ham paxta terimiga safarbar etib, nasibamiz bölgan paxtani yöllarda, yerlarda, dalalarda soçilib yotişiga yöl qöymay, tez kunlarda terib olaylik! Mehnatkaşlik, fidoyilik hayot tarzi bölgan barçamiz hosil töylariga omonlikda yetaylik! Sizning halol mehnatingiz samarasiga suyanamiz, azizlar!», — deyiladi Özbekiston xotin-qizlar qömitasining murojaatida.
«Tunov kuni mahalla fuqarolar yiğinimiz raisi mahallamizdan paxta yiğim terimiga yordam beriş uçun çiqayotgan yordamçilarni erta tongda tumandagi dalaga eltib qöyişni iltimos qilib qoldi, — deb yozadi muxlislardan biri. — Bajonidil rozi böldim. Tong sahar yölga çiqdik. Bahonada dalalarni körib keldim. Dalalarda paxta möl. Fermerlarimiz zap mehnat qilişibdi. Mahallaqöm bilan birinçi terim terib olingan paxtazordagi ğözadan yana oçiladigan 19–20 tadan kösak sanab çiqdik. Lekin şusiz ham paxtazor oppoq bölib yotipti. Uni terayotgan odamlar esa çamamda piça kamroq edi. Keyingi kunlarda yoqqan yomğirda öşa paxta paykallariyu, uni yetiştirgan fermerning ahvoliga biroz açindim».
Ha, heç qanday majburlaş yöq. Çiqmasangiz heç kim sizni urişişga, pöpisa qilişga yoki bosim ötkazişga aslo haqli emas. Lekin hosil ulkan. Dehqonlar mehnat qilgan. Oq oltin uvol bölmasligi kerak. Dam oliş kunlarida dalalarga oilaviy çiqib, toza havoda bahra olib, öynab-kulib, davlatimiz xirmoniga hissa qöşiş bu ham vatanparvarlik belgisi.
1997–1998 yillarda janubi-şarqiy Osiyoda moliyaviy inqiroz röy berganida, davlatning iqtisodiyotini kötariş uçun heç kim majburlamasa ham, Vatan ravnaqi uçun Janubiy Koreya aholisi özlari taqib yurgan tilla taqinçoqlargaça olib borib, banklarga topşirişgani haqida öqigan çiqarsiz. Vatan ravnaqi uçun jonbozlik ana şunday körsatiladi.
Yurtimizda keng qamrovli islohotlar bilan yangi davr boşlandi. Kelgusida paxtaçalik sohasida ulkan özgarişlar yuz berişi rejalaştirilmoqda. Paxta maydonlari qisqartiriladi. Uzoq muddatli rejaga köra, uning örni paydar-pay sabzavot, poliz va boğdorçilik mahsulotlariga böşatiladi. Paxtani esa, kuni-keça Senat yalpi yiğilişida ta'kidlanganidek, maşinalarda terib olişga e'tibor kuçaytiriladi. Yurtimizda bu sohaga oid konstruktorlik byurosi oçilmoqda, yaqin yillarda paxta maşinalarini işlab çiqariş yiliga 10 ming donagaça köpaytiriladi.
Nasib etsa, bunday sinovli kunlar ham ortda qoladi, yaxşi kunlar albatta keladi. Lekin bugun yetiştirilgan va bugun terib olinişi şart bölgan hosil uvol bölmasligi kerak.
Oltin kuzning keyingi kunlar quyoşli, iliq bölişi kutilmoqda. Qişloqlarda, şaharlarda bekor yurgan, ortiqça vaqti bölgan fuqarolar paxta terib, mamlakatimiz xirmoniga öz uluşlarini qöşişlari haqida öylab körsalar yaxşi bölar edi. Boz ustiga, bu beminnat xizmat emas, evaziga yaxşigina pul ham işlaşlari mumkin.