Hozirgi kunda Navoiy şahar Içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölimida, uşbu şaharda joylaşgan mas'uliyati çeklangan jamiyat rahbari 1974 yilda tuğilgan F.T.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

F.T.ning ustidan kelib tuşgan arizada, u Navoiy şahrining 18-mikrorayon hududida yangi qurilayotgan köp qavatli uylardan 8 ta ikki xonali va 4 ta bir xonali uylarni olib berişini va'da qilib, fuqarolardan 1 mlrd. 30 mln. 400 ming söm pulni olib, qoçib yurgani körsatilgan. 

Firibgar rahbar içki işlar xodimlari tomonidan uşlandi.