Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentabrdagi 748-son Qarori bilan Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, ularni hisobga oliş, hisobdan çiqariş va saqlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
 
Norma.uz’ning xabar berişiça, nizomga köra, hayvonlarni identifikatsiya qiliş quyidagilarni öz içiga oladi:

•  hayvonlarga turlariga qarab individual raqam beriş (birkalaş, tamğalaş, jyetonlaş, çip örnatiş);
•  elektron axborot tizimiga hayvonlar töğrisida ma'lumot kiritiş;
•  veterinariya pasportini rasmiylaştiriş.
 
Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qiliş xizmatlari uçun tölov undiriladi. Tölov miqdori va şartlari Davlat veterinariya qömitasi tomonidan belgilanadi.
 
Belgilanişiça, qoramol, qöy, eçki, tuyalarning bolalari tuğilganidan 14 kundan keyin 1 oylikdan keçikmasdan, qulunlar va xötiklar 4 oyligidan, çöçqa bolalari 1 oyligidan, it va muşuklar 3 oyligidan hisobga olinadi.
 
Xaridor hayvonni sotib olganda (oluvçi hayvonni hadyaga olganda) doimiy yaşaş joyi böyiça davlat veterinariya xizmatining vakiliga 7 kun içida hayvonni hisobga qöyiş töğrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Hayvon 3 kun içida hisobga olinadi. Hayvon hisobga olinganidan söng uning egasining şaxsini tasdiqlovçi hujjatga asosan veterinariya pasporti rasmiylaştiriladi. Har bir hayvonga alohida veterinariya pasporti rasmiylaştiriladi (qöy va eçkilarga guruh usulida rasmiylaştirilişi mumkin). Hayvonning sobiq egasi esa davlat veterinariya xizmatining vakiliga hayvon sotilganligi yoki hadya qilinganligini veterinariya pasportida tasdiqlatişi şart.
 
Veterinariya pasporti yöqolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati beriladi. Veterinariya pasporti yöqolganligi va yaroqsiz holga kelganligi töğrisidagi ariza taqdim qilingan kundan boşlab 3 kun içida hayvon egasiga “Dublikat” sözi yozilgan yangi veterinariya pasporti beriladi.
 
Hayvon egalari hayvon söyilganda (nobud bölganda, yöq qilinganda) hayvonning identifikatsiya raqamini saqlovçi atribut (birka, jyeton, oyoq halqasi, elektron çip va boşqalar) va veterinariya pasportini 7 kun içida davlat veterinariya xizmatining vakiliga hayvonni hisobdan çiqariş uçun taqdim qiladi. Söyilgan hayvonlarga ixtisoslaşgan söyiş korxonasining veterinariya vraçi tomonidan hayvon egasiga berilgan “Hayvon söyilganligi töğrisida” ma'lumotnoma ham taqdim etiladi.