Germaniya 2018 yilgi jahon çempionati uçun saralaş bosqiçida oxirgi turni Ozarboyjonga qarşi ötkazdi va 5:1 hisobida ğalaba qozondi.

Nemislar jamoasi 10ta öyinda ham ğalaba qozondi va 43 gol urdi, 4ta gol ötkazildi. 

Şu tariqa, Germaniya terma jamoasi bitta saralaş bosqiçida urilgan gollar soni böyiça Yevropa rekordini örnatdi. Bundan avvalgi rekord Yevro-2000 saralaşida Ispaniya terma jamoasi tomonidan örnatilgandi (42 gol).

Germaniya terma jamoasi JÇ uçun saralaş öyinlari doirasida qatorasiga 16 uçraşuvda zafar quçgan. Bu esa nemislarning özi tomonidan 1969-1985 yillar oraliğida örnatilgan rekordi takrorlanişidir.