Polşa terma jamoasi hujumçisi Robert Levandovski JÇ-2018 saralaş bosqiçi doirasidagi Çernogoriyaga qarşi uçraşuvda (4:2) gol kiritişga muvaffaq böldi.

Natijada 29 yoşli «Bavariya» hujumçisi 10ta uçraşuvda 16 gol kiritdi va JÇ saralaşlaridagi rekordni yangiladi. 

Payşanba kuni Levandovski gol kiritib, gollari sonini 15taga yetkazib olgan va rekord örnatgandi. Ammo keyinroq Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu (unda 8 uçraşuvda 15 gol mavjud) bu rekordni takrorlagandi.