Venesuela prezidenti Nikolas Maduro uning nomini köp marta tilga oladigan özining amerikalik hamkasbi Donald Trampga kinoyali tarzda minnatdorlik bildirdi. U bu haqda Rossiya, Belarus va Turkiyaga safaridan qaytgandan keyin davlat televideniyesi efirida aytdi.

"Tramp meni butun dunyoga maşhur qildi. Imperiya rahbari mening nomimni tilga olmagan biror kun yöqligi şarafdir, bu men nimanidir töğri qilayotganimni anglatadi", deb aytdi Maduro davlat televideniyesi efirida. 

Maduroning aytişiça, Trampning tanqidi "uni dunyoga maşhur odamga aylantirdi".

"U har gal meni eslaganda, men ularga yanada köproq yoqa boşlayman", deb qöşimça qilgan Maduro.
 
Maduro "Tramp öz zimmasiga Venesuela muxolifati rahbari vakolatini olgan" deb kesatib ham qöygan.