Turkiyaning 18 nafar malakali şifokori va soxa mutaxassislari Termiz şahridagi "Surxondaryo viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi"ga kelib, oğiz va labida tuğma nuqsoni bor bolalarni davolaş maqsadida, 140ta jarrohlik amaliyoti ötkazişdi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook-sahifasida xabar bermoqda.

Şuningdek, turk şifokorlari iştirokida 494ta ambulatoriya tibbiy köriklari ham taşkil etildi.

Mazkur tadbir Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) kömagida amalga oşirildi.

Avvalroq, Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) tomonidan Özbekistonga Mercedes-Benz rusumidagi 10ta mobil klinika taqdim etilgandi.