Avstraliyada gripp epidemiyasi avjiga çiqqan.
Mamlakat hukumati vakillarining xabariga köra, sönggi oylarda 370 inson bu kasallik tufayli hayotdan köz yumgan. Grippni yuqtirib olganlar soni esa 160 mingdan oşib ketgan.
Ştammdan Yangi Janubiy Uels ştati aholisi hammadan köp ozor çekkan. U yerda kasallikka çalinganlar soni ötgan yilgi körsatkiçlarga nisbatan 150% ösgan.
Soğliqni saqlaş idoralari vakillari gapiga köra, grippning yangi ştammi mutatsiyaga uçragan, mukammal turni taşkil qiladi va an'anaviy ştammga qaraganda tezroq tarqaliş xususiyatiga ega.











