Xitoyning ayni vaqtda dunyoning eng yirik teleskopi hisoblanuvçi Five hundred meter Aperture Spherical Telescope – FAST teleskopi işga tuşirilgandan beri ötgan vaqt mobaynida birinçi marta 2 ta yangi pulsarni aniqlay oldi. Bu haqda XXR Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat astronomiya observatoriyasiga asoslanib Sinxua agentligi xabar qilmoqda. 

Ma'lum bölişiça, pulsarlardan biri Yerdan 4,1 ming yoruğlik yili masofada joylaşgan, ikkinçi sayoramizdan 16 ming yoruğlik yili uzoqlikda. 

Ulkan radioteleskopni quriş taşabbusi xitoylik mutaxassislar tomonidan 1994 yili ilgari surilgan edi. 30 ta futbol maydoniga teng, ya'ni perimetri 1,6 km, diametri 500 metrga teng teleskopning qurilişi 2011 yil martida boşlandi. 

FAST 2016 yil sentabrida Guyçjou viloyatining Tsyannan-Bui-Myao muxtor ölkasi Pintan tumanida işga tuşirildi. Hozirda u Xitoyning eng qimmat astronomik loyihasi hisoblanadi. U davlat byudjyetiga 1,2 mlrd yuanga (180 mln AQŞ dollar) tuşgan.

Pulsarlar katta tezlikda aylanuvçi neytron yulduzlar bölib, ular qat'iy davriy elekromagnit nurlarni çiqaradi.

Olimlar ilk pulsarlarni ötgan asrning 60-yillari oxirida aniqlaşgan. Ular tarayotgan signallar davriyligi sababli, olimlarni özga sayyoraliklarning signallari deb baholaşgan.