FIFA prezidenti Janni Infantino Argentina şarafini himoya qiluvçi futbolçilar, «Napoli»ning sobiq hujumçisi Diyego Maradona bilan «Barselona» töpurari Lionel Messini taqqoslab kördi.

Infantino fikriga köra, Messi Maradonaga yetib olişi uçun, jahon çempionatida ğolib çiqişi şart.

«Maradona jamoada hal qiluvçi ahamiyatga ega rollarni bajarib, sovrinlarni yutib olgan. U haqiqatdan ham maydondagi sehrgar edi. Biz Diyegoning futbol uçun qilgan xizmatini hurmat qilişimiz şart. U bajargan işlar rahbariyat yoki prezident qölidan kelmasligi aniq. Maradona Argentina yoki «Napoli» muxlisi bölişdan qat'iy nazar, futbolni yaxşi körib qolişimizga sabab bölgan.

Messi esa öziga xos futbolçi. Ularning har ikkalasi futbol tarixida iz qoldirdi: 80-90 yillar Maradona davri edi, sönggi 10 yil esa Messiga tegişli.

Maradona jahon çempionatida ğolib çiqqan, endi Messi ham şu işni qilişi kerak. Dunyoda, mundialda ğolib çiqmagan buyuk futbolçilar köp. Şuningdek, buyuk bölmasa ham, jahon çempionatida ğolib çiqqan futbolçilar ham bor. Futbolning gözalligi mana şunda.

Messi 2022 yildagi jahon çempionatida iştirok etadimi? Balki iştirok etar. Agar uning maydondagi harakatlarini kuzatsak, heç kim undan töpni olib qöyolmaydigandek tuyuladi. Messi heç qaçon bukilmaydi va kasal bölmaydi. U şunçalik tezkorki, hatto istalgan taqdirda ham uning oyoğiga tepişning iloji yöq», — dedi Infantino La Nación naşriga bergan intervyusida.