Özbekiston – Qirğiziston hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş, özaro hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş hamda gidroenergetika sohasida özaro tajriba almaşiş maqsadida «Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov va Qirğiziston «Milliy Energiya xolding» kompaniyasi raisi Oybek Kaliyev, elektr stansiyalari boş direktori Uzoq Qidirboyev özaro uçraşdi, deb xabar berdi KUN.UZ’ga jamiyat matbuot xizmati.
Muzokaralarda «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov Qirğiziston «Milliy Energiya xolding» kompaniyasi raisi Oybek Kaliyev, Elektr stansiyalari boş direktori Uzoq Qidirboyevlarni uşbu taşrif bilan tabriklab, mamlakatlarimiz örtasida gidroenergetika sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaş va bu borada keng kölamli işlarni amalga oşiriş lozimligini ta'kidlab, yurtimizda gidroenergetika sohasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida ma'lumot berdi.

Mamlakatimiz elektrostansiyalarida bir yilda işlab çiqarilayotgan qariyb 60 milliard kilovatt soat miqdordagi elektr energiyasining 6,5 milliard kilovatt soati gidroelektrostansiyalar hissasiga töğri kelişi qayd etildi. Hozir bu körsatkiçni yanada oşiriş orqali tabiiy, ekologik toza, arzon va qayta tiklanuvçi energiya manbaidan foydalanişni kengaytiriş çoralari körilmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 18 maydagi «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatini taşkil etiş töğrisida»gi PF-5044- sonli farmoni mavjud gidroelektrostansiyalardan samarali va xavfsiz foydalaniş, Özbekistonda yagona gidroenergetika tizimini yaratişda yangi imkoniyat eşiklarini oçdi. Hozirda bu yönalişda keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Mamlakatimizda gidroenergetikani rivojlantirişga izçil ravişda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş orqali korxonalar va aholining elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini töliq qoplaş çoralari körilmoqda. Şu maqsadda xorijlik hamkorlar bilan hamkorlikda önga yaqin loyihani amalga oşiriş möljallanmoqda. Bu borada Qirğiziston bilan ham keng hamkorlikni yölga qöyiş möljallanmoqda.

«Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov va Qirğiziston «Milliy Energiya xolding» kompaniyasi raisi Aybek Qaliyev, Elektr stansiyalari boş direktori Uzoq Qidirboyev örtasidagi muloqot davomida ham ana masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Gidroenergetika sohasining bugungi holati va istiqboliga oid masalalar va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almaşildi. Bunda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş borasidagi keng imkoniyatlardan samarali foydalanişga alohida e'tibor qaratildi.












