Namibiya milliy boğida favqulodda voqea yuz berib, 109ta gippopotam nobud böldi.
Dastlabki 10ta jonivor 1 oktabr kuni Bvabvata parkida ölib qolgan. Qolganlari bir hafta içida, 2-8 oktabr kunlari nobud bölgan.
Park direktorining örinbosari Appolinaris Kaniinga Namibian naşriga bergan intervyusida, hayvonlar Sibir kuydirgisi sababli ölib qolganini aytgan. Ammo park veterinarlari jasadlarni tekşirib çiqqaçgina, bu taxminlarga aniqlik kiritilişini bildirgan.
Bundan taşqari, Appolinaris Kaniinga gapiga köra, bunday voqealar parkda tez-tez yuz berib turadi, ammo gippopotamlar populyatsiyasi tezda özini tiklab oladi.











