Biroz qizish — mobil qurilma uchun xos holat. Lekin smartfon bot-bot isiy boshlasa yoki qo‘lni kuydirar darajada qizisa, albatta chora ko‘rish kerak. Xo‘sh, qizishga nimalar sabab bo‘ladi va unga qarshi qanday choralar qo‘llash kerak? «Layfxaker» bu borada ba'zi tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Layfxaker

1. Smarftondan to‘la hajmda foydalanasiz

Uch o‘lchamli o‘yinlar, videos'yomka va og‘ir ilovalar protsessor va videokuchaytirgichning haddan ziyod kuchlanishiga sabab bo‘ladi. Natijada qurilma nafaqat qiziydi, quvvatidan ham tezda mosuvo bo‘la boshlaydi. Bunday effektga GPS, Wi-Fi, Bluetooth yoki 3G kabi navigatsion va tarmoq texnologiyalaridan faol foydalanish ham sabab bo‘ladi.

Nima qilish kerak: Telefonni ortiqcha zo‘riqtirmaslikka harakat qiling. Smartfon sovishi uchun uzoq o‘yinlar orasida, Tarmoqdan katta hajmdagi fayllar yuklashda yoki kamera va og‘ir dasturlar bilan ishlashda tanaffuslar qiling. Zaruriyat bo‘lmagan chog‘da tarmoq va navigatsion modullarni o‘chirib qo‘ying.

2. Gadjyetda hali tugallanmagan dasturlar bor

Bir yoki bir necha o‘rnatilgan ilovalarda xatoliklar bor yoki yomon optimizatsiya qilingan kodga ega, shu sababli tizimning resurslaridan oqilona foydalanilmayapti. Bunday dasturlar sabab protsessor besabab yuqori quvvat bilan ishlab turadi. Natijada ko‘proq issiqlik ajralib chiqadi va batareya tezda «o‘tiradi».

Nima qilish kerak: Qurilmadan barcha ortiqcha dasturlarni o‘chirib yuboring. Agar harorat o‘yin, videoservis yoki boshqa resurs talab etuvchi dastur bo‘lmagan ilova ishga tushganda osha boshlasa uni o‘chirib, shunga o‘xshashroq boshqasi bilan almashtiring. Bundan tashqari, ba'zi bir dasturlarning yangilanishiga monelik qilmang, chunki odatda yangi versiyalarida xatolar to‘g‘irlangan bo‘ladi.

3. Apparatga tashqi omillar ta'sir ko‘rsatadi

Agar gadjyet quyosh nurlari tig‘ida, cho‘ntakda, odeyol ostida yoki jips qoplama ichida qolib ketgan bo‘lsa bu ham harorat oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Alohida olinganda bu omillar kamdan kam holatlarda qizishga sabab bo‘ladi. Lekin ular birvarakayiga ta'sir qilganda va siz apparatdan faol foydalansangiz, xavf sezilarli tarzda kuchayadi.