Anqara, Bağdod va Tehron kurdlar muxtoriyatiga qarşi birgalikda sanksiyalar joriy etişga tayyor. Bu holat uşbu mintaqa hukumati mustaqillik böyiça referendum yakunlarini bekor qilmasa röy beradi, deya ma'lum qildi Turkiya boş vaziri Binali Yildirim.

"Şimoliy Iroqda noqonuniy referendum bölib ötdi. Biz kurd xalqiga emas, balki Şimoliy Iroq hukumatining mas'uliyatsiz harakatlariga qarşi çiqmoqdamiz. Ular bilan aviaqatnov hamda telekanallari translyatsiyasini töxtatdik, ularning vakillarini özimizga kiritmadik. Bu hammasi emas. Agarda Şimoliy Iroq rahbariyati öziga kelmasa, biz Iroq va Eron vakillari bilan uçraşamiz, bölajak qarorlarni qabul qilamiz", - deya ma'lum qildi Yildirim Turkiyada hukmron bölgan Adolat va rivojlaniş partiyasining parlamentdagi fraksiyasi oldida çiqiş qilib.

Iroq Kurdistonida 25 sentabr kuni mustaqillik böyiça referendum bölib ötdi. Ma'lumotlarga köra, Iroqdan mustaqil böliş uçun saylovçilarning 92,7 foizi ovoz bergan.