Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyevning 5—6-kunlarida Toşkentga amalga oşirgan taşrifi davomida ikki mamlakat örtasidagi çegaralar böyiça kelişuvlarga erişildi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligining maxsus topşiriqlar böyiça elçisi Ilhomjon Ne'matov «Özbekiston 24» telekanaliga uşbu taşrif va oliy darajadagi muzokaralar xususida sözlab bergan.
Qirğiziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning mamlakatimizga taşrifi davomida 14 ta muhim hujjat bilan birga Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi çegaralar böyiça bitim ham imzolandi. Bu hujjat birinçi navbatda xavfsizlik va tinçlik kafolati bölib xizmat qiladi. Bundan taşqari, iqtisodiy va madaniy aloqlarni rivojlantirişda, çegaraga yaqin hududlarda yaşovçi, özaro qarindoşlik riştalarini boğlagan aholi uçun ham muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişi bu — qöşnilar bilan aloqalarni rivojlantirişga qaratiladi.
Bu çegara çiziqlarni aniqlaşda yutgan yoki yutqazgan tomonlar bölgani yöq. Buning ostida faqat ikki tomonlama manfaat yotibdi. 5 sentabr kuni Bişkekda imzolangan Bitimda çegara çiziği umumiy uzunligining 1 170 kilometri kiritilgan edi. Bugungi kunda aniqlanmagan çegara joylari 23 ta, ya'ni, 264 kilometrni taşkil etmoqda. Bular içida biz uçun eng muhimlari qaysilar?
Birinçisi, Andijon suv ombori çegara çiziğini aniqlaş va uni xaritaga kiritiş. Ikkinçisi, Farğona viloyatining Söx tumanidagi çegara hududlarini aniqlab xaritaga kiritiş. Uçinçisi, Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida Qirğizistonning Barak anklavi atrofidagi çegara çiziqlarini aniqlaş.
Mana şu uçta muhim masala Almazbek Atamboyevning Özbekistonga taşrifi çoğida oçiq muhokamaga qöyildi va yeçim topildi. Bu masalaning yeçilişi Özbekiston va Qirğiziston çegaralari böyiça davlat komissiyaning kelajakdagi işiga juda katta yordam beradi. Öylaymanki, yaqin kunlarda çegaralar böyiça barça işni tamomlab, yakuniy bitim böyiça hujjatlarni tayyorlaymiz.













