9-10 oktabr kunlarida Yevropada mundialning yana bir neçta iştirokçilari ma'lum böladi. Şuningdek, guruhlarda 2-örinlarni egallab, noyabrda pley-offda qatnaşadigan terma jamoalarni ham bilib olamiz. UYeFA uçun 13 örin ajratilgan, guruhlar soni esa, 9 ta. Natijada, guruhlardan biri «ortiqça»lik qilib qolmoqda, şuning uçun reglamentga köra, eng yomon körsatkiç qayd etgan 2-örin sohibi ham imkoniyatdan mahrum böladi. Aynan mana şu jihat sönggi kunlar intrigasini yanada oşirib, pley-off uçun öziga xos sirtqi kuraşni yuzaga keltirdi. Keling, mana şu mavzuga ham çuqurroq yondoşib köramiz.
Saralaş guruhlari uçun qur'a taşlanganda, terma jamoalar soni 53 ta bölib, guruhlardan birida Rossiya terma jamoasi örtoqlik öyinlarini ötkazişi közda tutilgandi. Şuning uçun ham, eng yomon 2-örin sohibini aniqlaşda guruhdagi sönggi jamoalar bilan qayd etilgan natijalar hisobga olinmasligi reglamentda qayd etilgandi. Keyin esa, Kosovo UYeFA ga qabul qilinib, Rossiya örniga «beştalik» guruhni töldirdi. Ammo reglament özgartirilmadi. Demak, 2-örinlar soliştirilganda, turnir jadvalidagi holatga emas, 6-jamoa bilan öyinlar hisobga olinmagan alohida jadvalga e'tibor qaratiş lozim böladi.
Mana öşa jadval:

Bu yerda ayni paytda 2-örinda borayotgan terma jamoalar e'tiborga olingan, aslida guruhlardagi holat özgarişi mumkin. Ammo bu jihat ham hisob kitobimizga unçalik xalaqit qilmaydi.
Körinib turibdiki, guruhdagi öyinlarini yakunlagan Slovakiya terma jamoasi 12 oçko töplagan. Mana şu körsatkiç bizga bemalol ölçov vazifasini ötab bera oladi – xulosa qiliş mumkinki, 2-örin naqd bölgan Daniya, Şvetsiya, Şimoliy Irlandiya, Italiya, Gretsiya terma jamoalari Slovakiyadan yuqorida turişibdi va bu özgarmaydi. Portugaliya ham agar guruhda 2-örinni oladigan bölsa, hammadan yuqorida turibdi, mabodo öşa guruhdan Şveytsariya jadvalga qöşiladigan bölsa ham, 18 oçkoga ega böladi.
Guruhlarni qarab çiqilganda, sönggi turda 6-örinni tark etadigan va bu jadvaldagi oçkolarni özgartirib yuboradigan holatlar ham körinmadi.
Demak, «eng yomon 2-örin» bölmaslik uçun Slovakiyadan yaxşiroq natija körsatiş kerak böladi. Asosiy raqiblari bilan sönggi turda özgaro töqnaş keladigan Uels va Xorvatiya terma jamoalari endi, öşa öyinda kerakli natijani qölga kiritiş bilan birga, sirtdan Slovakiya bilan ham kuraşişlari kerak.
Bu jadvalga ta'sir qiladigan öyinlar:
UELS – IRLANDIYa











