Bugun, 10 oktabr kuni Özbekiston Futbol Federatsiyasi majlislari zalida navbatdan taşqari yiğiliş bölib ötdi. Kun tartibidan Özbekiston Professional Futbol Ligasi rahbariyatidagi özgarişlar masalasi örin oldi.

PFL rasmiy sayti bergan xabarga köra, şu vaqtga qadar ÖzPFL Boş direktori lavozimida işlab kelgan Farhod Magametov öz vazifasidan ozod etildi. Uning örniga Omon Ğofurov ÖzPFL Boş direktori etib tayinlandi.

Foto: Pfl.uz

Ma'lumot uçun: Ğofurov Omon Fayzullayeviç 1984 yil 14 avgust kuni Toşkent şahrida tavallud topgan. Millati özbek. Ma'lumoti oliy. Özbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida sport taşkilotlari, şu jumladan, Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligida turli lavozimlarda işlagan. Rus, ispan va ingliz tillarida sözlaşa oladi.