Yoşi kattaroq murabbiylarning intervyulariga yoki tahliliy materiallarga e'tibor qaratsangiz, «töqqizlik», «oltilik» kabi tuşunçalar ham uçrab turadi. Göyoki, hozirda şunçaki, futbolçining jamoadagi individualligini anglatadigan bu raqamlar avvallari, ança keng ma'noni ifodalagan. Futbolçi libosidagi raqamiga qarab turib, uning ampluasi, xususiyatlari va hatto öynaş uslubini ham bilib oliş mumkin bölgan.
Futboldagi raqamlar tarixi mana şu jihatdan bugun taktik termin sifatida namoyon bölganki, e'tiboringizga ularning öziga xosliklarini hikoya qilamiz.
№1

Bu tuşunarli. Azaldan bu nomer ostida darvozabonlar harakat qilişgan. Albatta, istisnolar ham uçrab turadi, masalan, 70-80 yillarda Argentina terma jamoasi futbolçilar ismlarining alfavitdagi joylaşuviga qarab raqamlab çiqqan. Natijada, Alonso, Ardiles, Almiron kabi yarim himoyaçi va hujumçilar jahon çempionatlarida «1» raqamda öynaşgan. Şuningdek, gollandiyalik töpurar hujumçi Ruud Gelsni ham eslaş mumkin. Keyinçalik, aniqroği, JÇ-2006 dan boşlab, FIFA bu raqamlar faqat darvozabonlarga berilişi lozimligini belgilab qöydi.
№2 va №3

Qanot himoyaçilari.
№2 ostida himoyaçilar, asosan öng qanotda harakatlanadiganlar töp suradilar. Bu futbolçilar töpurarlik mahoratlari bilan maqtanmasliklari mumkin, ammo tez-tez hujumga qöşilişlari bilan alohida ajralib turadilar.
№3 esa, xuddi şu kabi, faqat köproq çap qanot vakillariga nasib etadi.
Odatiy qanot himoyaçilariga Garri Nevill, Eşli Koul, Patris Evra kabi futbolçilarni misol keltiriş mumkin.
№4 va №5

Bu raqam yurtdoşlarimiz uçun umuman boşqa ampluani anglatsada, dunyo futbolida asosan markaziy himoyaçilar yoki ba'zida tayanç yarim himoyaçilari tuşuniladi.
Beşinçi raqam deganda asosan kuraşuvçan, yakkakuraşlarda va yuqori qavatlarda kuçli harakat qiladigan himoyaçilar nazarda tutilsa, №4 deganda köproq, hujumni boşlaşga usta, uzun masofalarga töpni yaxşi yetkazib beradigan, himoyani boşqaradigan himoyaçilarni esga olamiz.















