10 oktabr kuni, Dow Jones kompaniyasining xabarlar lentasida, Google va Apple korporatsiyalarining birlaşişi töğrisida bir neça xabar paydo böldi.

Ulardan birida, Google kompaniyasi Apple'ni 9 milliard dollarga xarid qilişi va bu haqda Stiv Jobs vasiyat qilgani haqida aytilgandi.

«Albatta Google kompaniyasi Apple'ning ajoyib qarorgohiga köçib ötadi», degan misralar bor edi bu xabarlardan birida.

9to5mac naşrining xabariga köra, bu xabarlar naşr etilişi natijasida Apple aksiyalarining narxi 155 dollardan 158 dollarga kötarilgan, ammo keyinçalik yana pasaygan.

Oxir oqibatda, bu xabarlarning barçasi öçirib yuborildi. Dow Jones esa ular texnik xato tufayli e'lon qilinganini bildirib, uzr söradi.

Eslatib ötamiz, Apple va Alphabet (Google'ning boş kompaniyasi) dunyodagi eng qimmat kompaniyalar hisoblanadi. Apple'ning narxi 800 milliard dollardan oşadi, Alphabet'niki esa 677 milliard dollarga teng.