Xitoyning CASIC (Şina Aerospace Science and Industry Corp) aerokoinot korporatsiyasi Hyperloop turidagi vakuum poyezdlar tarmoğini yaratişga kirişdi. Korporatsiya bu maqsadda butun dunyo böyiça 20 tadqiqot institutidan mutaxassislarni jalb qildi. Dastavval CASIC 1000 km/soat tezlikka ega maglev liniyasini qurmoqçi bölgandi, biroq endi kapsulasi tezligi 4000 km/soatlik transmilliy vakuum tarmoğini yaratişni möljallamoqda.
ChinaDaily naşri uşbu loyiha borasidagi yangi ma'lumotlarni çop etdi. Loyihaning boş muhandisi Mao Kaining aytişiça, kapsulalar tunnellar va quvurlar böylab magnit levitatsiyasi prinsipi böyiça harakatlanadi, ularning tezligi şaharlararo safarlar uçun 1000-2000 km/soatni, xalqaro safarlar uçun 4000 km/soatni taşkil qiladi. Taqqoslaş uçun, Xitoydagi eng tezyurar poyezdlar 350 km/soat tezlikka erişa olişi mumkin, reaktiv yölovçi samolyotlar esa 800-900 km/soat tezlik bilan uçadi.
Hozirça kompaniya tizimni quriş uçun zarur bölgan dastlabki tadqiqotlarni ötkazmoqda. Şundan keyin korporatsiya sinov trekini quradi. Bu trekda yölovçi kapsulalarini 1000 km/soatgaça tezlaştiriş mumkin böladi. Birinçi navbatda ohista tezlaşiş va töxtaş tizimini işlab çiqiş hamda quvurlar va tunnellar konstruksiyasini yaratiş kerak böladi.
Loyihaning taxminiy qiymati hozirça ma'lum qilinmayapti. Biroq tizim yuqori talab evaziga öziga ketgan xarajatlarni qoplaşiga yaxşi imkoniyatlar bor, çunki Xitoyda tezyurar poyezdlarda kuniga 4 mln kişi harakatlanadi.
Vakuum poyezdlar tarmoğini quriş ğoyasini 2013 yilda Ilon Mask taklif qilgan. Maskda şaharlar va davlatlar örtasida tez harakatlanişning yana bir ğoyasi zaxirada bor. Bu Mars raketasi bölib, u nafaqat koinotga, balki Yerning bir nuqtasidan ikkinçisiga ham uçadi. Bu transport vositasi bilan Nyu-Yorkdan Parijga (masofa deyarli 6 ming km) yarim soatda yetib oliş mumkin böladi.












