Amerika sotsiologlari AQŞ fuqarolari nimalardan qörqişini aniqlaş maqsadida ijtimoiy sörov ötkazdi. Tadqiqot natijalari Chapman University saytida e'lon qilindi. 

Tadqiqotda turli ştatlarda istiqomat qiluvçi voyaga yetgan 1207 kişi qatnaşgan. Ularning har biriga 80 ta "eng qörqinçli holat"lardan eng qörqinçlilarini tanlaş vazifasi topşirildi. 

Ma'lum bölişiça, amerikaliklarni korrupsiya va soğliqni saqlaş tizimini isloh qiliş ehtimoli eng köp xavotirga soladi. Bu ikkisi 74 va 55 foiz söralganlarni xavotirga solişi aniqlangan. Okeanlar, köllar va daryolarning ifloslanişi (53 foiz) ham jiddiy taşviş uyğotadi. Içimlik suvdan zaharlanişdan 50 foiz söralganlar qörqadi. 

Amerikaliklarning yarmi pulsiz qolişdan qörqsa, yarmidan sal kamroği tibbiy xizmatlarning narxi yuqori bölişidan xavotirlanişadi. Yangi jahon uruşi va iqlimning halokatli özgarişi ham söralganlarning 48 foizini taşvişlantiradi. Şunça odam KXDR yadro dasturini qörqinçli deb hisoblaydi. Eng qörqinçli önlikni havoning juda ham ifloslanib ketişi yakunlab beradi. 

Reytingning sönggi örinlarini zombi, arvohlar va hayvonlar egallagan. Tirik arvohlarning xuruji atigi 5,4 foiz amerikalikni qörqitsa, ruhlardan 4,3 foiz kişilar taşvişga tuşadi. Söralganlarning 3,7 foizi hayvonlarni köriş bilan taşvişga tuşa boşlaydi.