Bugungi kunda dunyodagi aksariyat qizlar hayotining dastlabki ön yilligida maktabda öqib, kerakli emlaşlarni olişmoqda va oldingi avlodning qizlariga qaraganda oziq-ovqat hamda soğliq muammolaridan kamroq aziyat çekişmoqda. Biroq, köplab qizlar uçun hayotining ikkinçi ön yilligi ança kamroq istiqbolga ega, deb xabar bermoqda BMTning yangiliklar markazi.
Ular har doim ham örta va oliy ma'lumotga ega böla olmaydilar, ba'zida erta yoşda turmuşga çiqişga majbur bölişadi, özlarini qanday himoya qiliş va istalmagan homiladorlikdan saqlanişni bilmaydilar. Bu haqda BMTdan Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan eslatişdi. U 11 oktabrda nişonlanadi. Kunning maqsadi - butun dunyo böylab qizlar duç keladigan muammolarga e'tibor beriş.
Bu yil Xalqaro qizlar kuni inqirozlarda va ularni bartaraf etişda ularning öz imkoniyatlarini kengaytirişga bağişlangan. BMT ma'lumotlariga köra, bugungi kunda dunyoda bir milliarddan ziyod qiz bor, ularning barçasi katta salohiyatga ega - hatto inqirozga uçraganlar ham. Xalqaro hamjamiyatning vazifalaridan biri bu salohiyatlarni rivojlantiriş va ulardan foydalanişda yordam berişdir.












