Amerikaning Kaliforniya ştatida davom etayotgan örmon yonğinlari oqibatida kamida 3,5 ming bino va inşoot yöq böldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti ştat yonğin xavfsizligi xizmatiga tayangan holda.
"Garçi barça yonğin öçoqlarida yetkazilgan zarar hisoblab çiqilayotgan bölsa ham, kamida 3,5 ming uy va savdo binolari tabiiy ofat tufayli yonib ketdi", — deyiladi bayonotda.
Ayni vaqtda öt öçiruvçilar yana 22 ta yirik yonğin öçoğini aniqlaşgan. Umumiy hisobda 690 km2 maydon yonib kul bölgan.
Ştat gubernatori favqulodda holat e'lon qilgan edi. Şu sababli ommaviy köçiriş işlari olib borilmoqda. 20 mingdan ortiq odam öz uylarini tark etgan, 17 kişi halok böldi. Ştatning 8 okrugida favqulodda tartib bekor qilingani yöq.












