«Qirğizistonda bölajak prezidentlik saylovi bilan ğayrioddiy nimadir yuz bermoqda – saylovlarga juda yaqin vaqt qoldi, ammo kim ğalaba qozonişini haligaça heç kim bilmaydi», - deb yozadi maşhur The Guardian naşri.
Maqola muallifi Şon Uolkerning sözlariga köra, saylovlarning soxtalaştirilişi bilan maşhur bölgan mintaqada Qirğiziston ğalati ravişda ajralib turibdi. Ötgan 12 yil içida 6 million aholiga ega bölgan Sovetlar Ittifoqining sobiq mamlakati ikki inqilobni boşidan ötkazdi. Hozirda u çalkaş, biroq demokratiya işlayotgan davlatdir.
«Bu Markaziy Osiyo tarixidagi eng erkin va eng halol saylovlar böladi. Mintaqaning boşqa joylarida hozirgi prezidentning qança foiz ovoz olişigina yagona intriga bölgan masaladir. Ayni paytda esa biz Qirğizistonda kim ğalaba qozonişini bilmayapmiz», - deya Qirğizistondagi ğarblik diplomat sözlarini keltiradi naşr.
Qirğiziston 1991 yilda mustaqillikka erişgan sobiq Sovetlar Ittifoqining Markaziy Osiyodagi beşta davlatidan biri. 2005 yilda davlatda yuz bergan lola inqilobi Asqar Aqayevni hokimiyatdan çetlatgan bölsa, 2010 yilgi tartibsizliklar vaqtida Kurmanbek Bakiyev mamlakatdan qoçib ketdi.
Ikkinçi inqilobdan keyin Qirğiziston konstitutsiyasiga özgartişlar kiritildi, unga köra, prezident bu lavozimni faqat 6 yil davomida egallaşi mumkin. Almazbek Atamboyev 2011 yilgi saylovlarda ğalaba qozondi va endi iste'foga çiqişga tayyorlanmoqda. Agar hammasi yaxşi ötadigan bölsa, uşbu saylovlar demokratik yöl bilan saylangan prezident öz lavozimini boşqasiga tinçlik bilan topşirgan mamlakat tarixidagi birinçi holatga aylanadi.
Qirğizistonda prezidentlik saylovlari 15 oktabr, yakşanba kuni bölib ötadi.













