Braziliya terma jamoasi hujumçisi Neymar KONMeBOL mintaqasidagi JÇ-2018 saralaş bosqiçining eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
Mazkur nom unga InStat Index statistik markazi tadqiqotlaridan söng berilgan. Uning körsatkiçlari 366 punktda körsatib ötilgan. Neymar bu orqali sobiq klubdoşi Lionel Messini (Argentina) ortda qoldirgan – 354, uçinçi örinda Aleksis Sançes (Çili) – 315.
Şuningdek braziliyalik futbolçi darvozaga eng köp zarba bergan futbolçi bölgan. Örtaça 90 daqiqa davomida «PSJ» hujumçisi örtaça 4,3tadan zarba bergan. Messida bu körsatkiç 3,7tani taşkil qilgan. Raqibni aldab ötiş borasida ham Neymarga teng keladigan topilmagan (256 marta – 90 daqiqa davomida örtaça 17,8 marta). Uning umumiy jamoaviy körsatkiçi örtaça bitta uçraşuvda 47,1tani taşkil qilgan. Şuningdek Neymarga nisbatan işlatilgan qöpollik ham mintaqada eng köp (80 – örtaça 90 daqiqada 5,6 marta) körsatkiçga ega.
Argentina terma jamoasidan faqatgina himoyaçi Nikolas Otamendi raqib hujumini töxtatiş körsatkiçi böyiça (123 – har öyinda örtaça 7,8 marta) yetakçi bölgan. Şuningdek «Mançester Siti» himoyaçisi yakkakuraşlarda ğalaba qozoniş böyiça ham tengsiz (168 marta – örtaça har öyinda 10,6 marta) bölgan.











