«Çelsi», «Mançester Siti» va «Milan» jamoasining sobiq hujumçisi, hozirda esa siyosiy arbob bölgan Jorj Vea Liberiya prezidenti etib saylandi. Vea davlat rahbari uçun saylovlarda özining boş raqobatçisi – Liberiya vitse-prezidenti Jozef Bokayning ustidan ğalaba qozondi. 51 yoşli Veaning kutilmagan muvaffaqiyati haqida Naij naşri xabar bermoqda.

Sobiq futbolçi 2005 yilda öz davlati prezidentligi uçun saylovlarda iştirok etgan va ovoz berişning ikkinçi turida saylovçilarning 40 foizdan ortiq ovozlarini qölga kiritgandi, biroq yakunda Elen Jonson-Serlifga yutqazib qöygan. Endilikda, Vea uni davlat rahbari lavozimida almaştiradi.

Vea 1995 yilgi «Oltin töp» sovrini sohibi sanaladi. Şuningdek, u 3 marta (1989, 1994, 1995) Afrikaning eng yaxşi öyinçisi, deb tan olingan.